Ijtimoiy nafaqa turini joriy etilishi muhtoj oilalarni ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi

Ijtimoiy nafaqa turini joriy etilishi muhtoj oilalarni ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi
11.01.2019 20

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizning oliy minbaridan yangragan Oliy Majlisga Murojaatnomasi har bir sohani qamragan holda teran fikr va gʻoyalarga toʻla boʻldi desam, mubolagʻa boʻlmaydi. 

Chunki, Yurtim deb, xalqim deb chin dildan aytilgan soʻzlar zamirida yurtdoshlarimizning ne-ne orzu-umidlari, ezgu maqsadlari, bugungi kunimizning haqiqatlariyu, muammolari va aniq yechimlari, qisqasi insonlar dilidagilari oʻz aksini topdi.

Davlatimiz rahbari murojaatnomada xotin-qizlar va yoshlar masalalariga alohida toʻhtalib, xotin-qizlar va yoshlarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish lozimligini taʼkidlab oʻtishdi. 

Ayniqsa, ayni vaqtda nogironligi boʻlgan bolalar va ularning oila aʼzolarini, boquvchisini yoʻqotganlarni oʻn olti yoshgacha ijtimoiy muhofaza qilish masalasi, umrini nogiron farzandiga qarash, uni parvarish qilishga bagʻishlagan onalar uchun alohida ijtimoiy nafaqa turini joriy etilishi onalar quvonchiga sabab boʻldi. 

Chunki, jamiyatimizda nogiron farzandi bor, qiynalib yashayotgan ayollar kam emas. Mazkur ijtimoiy nafaqa turining belgilanishi nogironligi boʻlgan bolalar onalarini yashash sharoitlarini yaxshilashga, farzand tarbiyasi va sogʻligʻi uchun gʻamhoʻrlikning asosiy belgisidir. 

Bu esa onalarda bugunidan shukronalik, ertangi kunga ishonch tuygʻusini yanada mustahkamlaydi.

Xulosa oʻrnida, murojaatnomada bayon qilingan har bir ustuvor masalalar ijrosi Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi dasturiy vazifalariga hamohang tarzda uning mazmun-mohiyatini oʻrganish va keng jamoatchilikka yetkazish, xotin-qizlar faolligini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. 

Binobarin, unda bayon qilingan istiqbolli loyihalar mamlakatimiz rivoji, xalqimiz farovonligini oshirish uchun muhim dasturiamaldir.

Muhabbatxon Joʻrayeva

OʻzMTDP Fargʻona viloyat kengashi devoni 

yetakchi mutaxassisi

Yangiliklar